Foto: The Print
Morgan Stanley & Co ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning tashqi qarzlarini to‘lash imkoniyati kamayib bormoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Bunga sabab qilib obligatsiyalar narxi pasaygani, mamlakatda tanazzul avjiga chiqqani va AQSH va g‘arb mamlakatlarining tinimsiz qo‘llayotgan saksiyalari ko‘rsatilgan.
«Biz defoltni eng mumkin bo‘lgan ssenariy deb o‘ylaymiz. Defolt bo‘lsa, u odatdagidek bo‘lishi dargumon. Rossiya defoltiga eng mos taqqoslash Venesuela bo‘lishi mumkin» — deydi kompaniya bo‘limlaridan birining global rahbari Saymon Veyver.
Defolt 15 aprelda bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu Rossiya hukumatining 2023 va 2043 yillarda to‘lanishi kerak bo‘lgan dollar obligatsiyalari bo‘yicha kupon to‘lovlariga bo‘lgan 30 kunlik imtiyozli davrning tugashini anglatadi.
Bloomberg tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, investorlar 2023 yilgi obligatsiyalarni AQSH dollari bo‘yicha 29 sent atrofida baholamoqda. Bu esa tarxidagi eng past darajadir.
JPMorgan Chase & Co kompaniyasi 7 mart kuni Rossiya obligatsiyalarini o‘zining barcha ko‘rib chiqiladigan indekslaridan olib tashlashini aytdi. Bu esa mamlakat aktivlarini global investorlardan yanada izolyatsiya qiladi. Venesuelaning dollar obligatsiyalari ham 2019 yilda sanksiyalar savdoni cheklaganidan keyin bankning benchmark indekslaridan olib tashlangan edi.
Veyverning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Venesuelaga o‘xshab bormoqda. Sababi Rossiya ham sanksiyalar olib tashlangandan keyingina kuchga kiradigan muhim neft aktivlariga ega. Agar obligatsiyalar defolt bo‘lsa va kreditorlar sud qarorini qabul qilsa, Rossiyadan tashqarida muzlatilgan barcha aktivlarga, shu jumladan valyuta zaxiralariga kirish imkoniyati yuqori xavf ostida qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi