
Ukraina FVV xodimlari o‘qqa tutilgan tug‘ruqxonadan yarador homilador ayolni olib chiqishmoqda.
Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainadigi urush roppa-rosa ikki haftadan buyon davom etmoqda. Ukraina rasmiylari kecha 40 ming kishi o‘z shaharlarini tark etgani haqida ma’lumot berishdi. Evakuatsiya yo‘laklari bo‘yicha kelishuvlarga qaramay, otishmalar davom etmoqda.
Kecha Mariupolda 3-sonli shahar kasalxonasi hududiga zarba berilgan. Voqea joyidan olingan videoda aytilishicha, zarba bolalar va tug‘ruq bo‘limlari o‘rtasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 17 kishi jarohatlangan.

O‘qqa tutilgan tug‘ruqxona. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Qamal qilingan shaharlarda elektr, suv va oziq-ovqat yo‘qligi aytilmoqda. Quyida urushning o‘n to‘rtinchi kunida olingan asosiy fotolar taqdim qilinadi.





Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar