22:32 / 11.03.2022
1 379

Rossiyada «Instagram» bloklanadi

Rossiyada «Instagram» bloklanadi
Foto: «Global Look Press»
Roskomnadzor «Instagram»ni Rossiya hududida bloklashga qaror qildi. Bloklash RF bosh prokuraturasi talabi bilan amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqni yopish sabablari Roskomnadzor saytida keltirilgan. Bloklash sanasi aniq aytilmagan.

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘i «Meta» kompaniyasiga tegishli.

Rossiyalik amaldorlar va idoralar «Instagram»ni tark etishni boshladi. Xususan, ijtimoiy tarmoq rahbariyatini «ochiq ekstremizm»da ayblagan Moskva shahri meri Sergey Sobyanin «Instagram»dagi akkauntini yuritmay qo‘ydi. Ayrim gubernatorlar (jumladan, Moskva viloyatiga rahbarlik qiluvchi Andrey Vorobyov), Bosh prokuratura, IIV, «Yedinaya Rossiya» partiyasi vakillari ham ijtimoiy tarmoqqa kirishni to‘xtatgan.

«Meta»ga qarashli «Facebook» 4 martdan Rossiyada bloklangan edi. Kompaniyaga qarashli «WhatsApp»ga hozircha indashmadi. Messejerni axborot tarqatuvchi emas, balki muloqot qilishda qo‘llaniluvchi vosita deb baholashdi. Hozircha...

To‘ldirilgan xabar: Roskomnadzor «Instagram» 14 mart soat 00:00 dan bloklanishi boshlanishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada «Instagram» bloklanadi