08:50 / 12.03.2022
2 762

Rossiya TIV Ukrainaga jang qilgani ketgan xorijliklarni ogohlantirdi

Rossiya TIV Ukrainaga jang qilgani ketgan xorijliklarni ogohlantirdi
Rossiya Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashishga qaror qilgan yollanma chet ellik jangchilar hayoti uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Rossiya harbiy xizmatchilariga qarshi har qanday qurolli faoliyatning oldi zudlik bilan olinadi”, - dedi Zaxarova brifing davomida.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalashga qaratilgan maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.

Ukrainaga xorijlik yollanma jangchilar kelishni boshlagan. Rossiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular G‘arb tomonidan yetkazib berilayotgan qurollardan foydalanib ig‘vo va qo‘poruvchilik sodir etishga tayyorlanishmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mamlakatda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqida tarqalgan ma’lumotlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston harbiy xizmatchilari mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi.

Respublika Jinoyat kodeksida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, yollanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik moddasi mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya TIV Ukrainaga jang qilgani ketgan xorijliklarni ogohlantirdi