Foto: «RIA Novosti»
Rossiya Mudofaa vazirligi Lvov viloyatidagi harbiy ob’ektlarga zarbalarni amalga oshirish oqibatida kamida 180 nafar xorijlik yollanma askar o‘ldirilgani va xorijiy qurollarning katta partiyasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, 13 mart tongida Rossiya qo‘shinlari uzoq masofaga mo‘ljallangan yuqori aniqlikdagi qurol yordamida «Starichi» qishlog‘idagi o‘quv markazlari va «Yavorovskiy» harbiy poligoniga zarba bergan.
Rossiya vazirligining ta’kidlashicha, ushbu harbiy ob’ektlarda xorijlik yollanma askarlarni tayyorlash punkti va Ukrainaga boshqa mamlakatlardan kelgan harbiy texnika hamda qurollar bazasi joylashgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi vakilining qo‘shimcha qilishicha, «Ukraina hududiga kelgan xorijlik yollanma askarlarni yo‘q qilish davom ettiriladi».
Ukraina mudofaa vazirining maslahatchisi Markiyan Lubkivskiy Rossiya tomonining mazkur bayonotiga munosabat bildirib, 180 nafar xorijlikning halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan. «Bu haqiqiy Rossiya propagandasi», — deydi u CNN’ga bergan intervyusida. Uning ta’kidlashicha, «Yavorovskiy» poligonida halok bo‘lganlar orasida xorijliklar yo‘q. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”