date
views 1 330

Rossiya qoʻshinlari tomonidan egallangan Chernobil AESda elektr ta'minoti qayta tiklandi

Rossiya qoʻshinlari tomonidan egallangan Chernobil AESda elektr ta'minoti qayta tiklandi
Foto: Today
«Ukrenergo» mutaxassislari Rossiya qoʻshinlari tomonidan urushning birinchi kunida egallangan Chernobil AESda ta'mirlash ishlarini yakunlab, elektr ta'minotini qayta tikladi. Bu haqda Ukrainaning «Energoatom» davlat korxonasi xabar berdi.

«Ukrainalik energetiklarimiz oʻz hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib, butun Evropaga tahdid solgan ehtimoliy yadroviy halokat xavfining oldini olishga muvaffaq boʻldi», — deydi energetika vaziri German Galushenko.

9 mart kuni «Ukrenergo» Chernobil AES elektr uzatish liniyalaridagi avariya tufayli toʻliq quvvatsizlangani toʻgʻrisida xabar bergandi. Kompaniyadagilar dizel generatorlardagi elektr energiyasi ikki sutkaga etishini, biroq urush tufayli ta'mirlash ishlarini amalga oshirib boʻlmasligi haqida aytgandi.

Rossiya mazkur holatda Ukraina tomonini ayblagan. Ularning soʻzlariga koʻra, AES «ukrainalik millatchilar» elektr liniyalariga oʻq uzganidan soʻng atom elektr stantsiyasi elektrsiz qolgan. 10 mart kuni Rossiya tomoni Chernobil AESga Belarusdan elektr energiyasi etkazib berilishini ta'minlaganini, shuningdek, Ukraina ta'mirlash guruhining shikastlangan elektr tarmogʻiga oʻtishiga rozilik berganini ma'lum qilgandi.

9 mart kuni MAGATE Ukraina tashkilotga murojaat qilib, Chernobil AESda kadrlar almashinuvini ta'minlash boʻyicha yordam soʻraganini ma'lum qildi. Chunki urush boshlanganidan beri u erda 210 kishidan iborat smena uzluksiz ishlamoqda va ular bilan aloqa faqatgina elektron pochta orqali saqlanib qolgan. MAGATE Chernobil AES xavfsizlik monitoring tizimidan ma'lumotlarni boshqa olmayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo