19:49 / 14.03.2022
1 263

Aktivlarni legallashtirish: Sadir Japarov biznes vakillari bilan «jentlmencha kelishuv» imzoladi

Aktivlarni legallashtirish: Sadir Japarov biznes vakillari bilan «jentlmencha kelishuv» imzoladi
Sadir Japarov / Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 14 mart kuni biznes vakillari bilan uchrashib, «Jismoniy shaxslar aktivlarining ixtiyoriy legallashtiruvi va amnistiyasi to‘g‘risida» qonun loyihasini muhokama qildi.

Ushbu qonun loyihasi avvalroq noqonuniy topilgan mol-mulkni legallashtirishga xizmat qiladi, degan hadik ostida qirg‘izistonlik yuristlarning tanqidi ostida qolgan edi, deb yozadi Kloop.

Japarovning qayd etishicha, hujjat birinchi navbatda «yashirin» iqtisodiyot ulushini kamaytirish, aktivlarning saqlanishi kafolatlarini ta’minlash va mulk egalarining davlat organlari tomonidan ta’qib etilishidan himoyalashga yo‘naltirilganini qayd etgan edi. Japarovning fikricha, «yashirin» iqtisodiyotning yuqori darajasi — mamlakat mustaqilligi yillaridagi «eng katta muammo» bo‘lib kelgan.

Qirg‘iziston prezidentining aytishicha, «mamlakat o‘z tarixida yangi sahifalar ochmoqda», bu qonun loyihasini amalga oshirish uchun davlatda «yetarli siyosiy iroda va kafolat» bor.

«Jismoniy shaxslar aktivlarining ixtiyoriy legallashtiruvi va amnistiyasi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari mamlakatimiz tarixida besh marta qabul qilingan. Lekin turli sabablarga ko‘ra ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan. Bu holatda qayd etish muhimki, qonun loyihasi davlat tomonidan daxlsizlikning barcha kafolatlarini taqdim etadi», — deya Japarovning so‘zlarini keltirmoqda uning matbuot xizmati.

Ushbu qonun loyihasi bo‘yicha takliflar borasida tadbirkorlar Omurbek Babanov, Asqar Salimbekov va boshqa biznesmenlar o‘z fikrlarini bildirib o‘tishgan.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda Japarov va biznemenlardan tashqari barcha hokimiyat bo‘g‘inlari vakillari ham ishtirok etishgan. Ular ham qonun loyihasi bo‘yicha o‘z nutqlari va sharhlari bilan chiqish qilishgan.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha prezident boshchiligidagi davlat organlari vakillari biznesmenlar bilan «jentelmenlik kelishuvi» (niyatlar to‘g‘risida dalolatnoma) imzolashgan. Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ushbu kelishuvning tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Prezident administratsiyasidan qonun loyihasi
«Jismoniy shaxslar aktivlarining ixtiyoriy legallashtiruvi va amnistiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi yaqinda oshkor bo‘ldi. Uni Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi ishlab chiqqan.

Qonun loyihasini «Adilet» huquqiy klinikasi tahlil qilgan. Huquqshunoslar ushbu tashabbus mamlakat konstitutsiyasi, Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan xalqaro shartnomalar va hujjatlarga, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni yo‘q qilish davlat strategiyasiga zid ekanligini qayd etishgan.

Qonun loyihasiga ko‘ra, qirg‘izistonliklar ilgari turli sabablarga ko‘ra hujjatlashtirilmagan barcha daromadlari va mulklari ko‘rsatib o‘tilgan maxsus deklaratsiya topshirishlari mumkin. Hattoki ular noqonuniy yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan bo‘lsa ham.

Bu holatda hech kim aktivlarning kelib chiqish manbasini ochiqlashga majbur bo‘lmaydi. Yangi maxsus deklaratsiya ularning kelib chiqishi qonuniyligini tasdiqlash uchun xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktivlarni legallashtirish: Sadir Japarov biznes vakillari bilan «jentlmencha kelishuv» imzoladi