Foto. Kartinken.net
Qozog‘iston Respublikasi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qozog‘iston Respublikasi moliyaviy barqarorligini ta’minlash choralari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
To‘qayevning farmoniga binoan, Qozog‘iston Respublikasi milliy manfaatlarini himoyalash va mamlakat moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasi hududidan quyidagilarni olib chiqish taqiqlanmoqda:
1. 10 ming AQSH dollaridan oshgan naqd xorijiy valyuta va (yoki) olib chiqish kunida Qozog‘iston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha hisoblanganda 10 ming AQSH dollari ekvivalentidan ziyod bo‘lgan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari;
2. Affinirlangan oltindan 5, 10, 20, 50 va 100 grammlik yombilar va Qozog‘iston milliy banki tomonidan chiqarilgan oltindan tayyorlangan ALTYN BARYS va kumushdan tayyorlangan KÚMIS BARYS investitsiya tangalari, shuningdek 100 grammdan ortiq affinirlangan oltin.
«Milliy manfaatlarni himoya qilish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasidan ekvivalenti 10 ming dollardan ortiq bo‘lgan naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish taqiqlanadi», deyiladi hujjatda.
Farmon rasman e’lon qilingan kun, ya’ni bugun — 14 martdan kuchga kirgan.
Ilgari Qozog‘iston Markaziy banki mamlakatga naqd valyuta yetkazish murakkab geosiyosiy vaziyat va aholining talabi oshgani sababli qiyinlashganini xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”