18:37 / 15.03.2022
1 822

Ukraina prezidenti ofisi Rossiya bilan navbatdagi muzokaralar mavzusini ochiqladi

Ukraina prezidenti ofisi Rossiya bilan navbatdagi muzokaralar mavzusini ochiqladi
Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya bilan muzokaralarning to‘rtinchi raundida qaysi mavzular muhokama qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Muzokaralar – to‘rtinchi raund. Sulh, o‘t ochishni bas qilish, qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqish va xavfsizlik kafolatlari haqida. Qiyin suhbat”, - deya yozdi Podolyak Telegram kanalida.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina delegatsiyalari muzokaralari 14 mart kuni videoaloqa ko‘rinishida davom ettirilishini ma’lum qilgan edi.

Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Belarusda uch marta muzokaralar o‘tkazishdi. Bundan tashqari, 10 mart kuni Antaliyadagi Diplomatik forum davomida Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kuleba uchrashishdi.

Rossiya 24 fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy ob’ektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidenti ofisi Rossiya bilan navbatdagi muzokaralar mavzusini ochiqladi