21:02 / 15.03.2022
1 314

Ukrainani tark etganlar soni uch milliondan oshdi

Ukrainani tark etganlar soni uch milliondan oshdi
Heidi Levine / The Washington Post / Sipa Press / Scanpix / LETA
Ukrainada urush boshlanganidan buyon mamlakatni uch milliondan ortiq kishi tark etgan. Bu haqda 15 mart kuni Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma’lum qildi.

Qochqinlarning 1,4 milliondan ortig‘i — bolalar.

Qochqinlarning ko‘p qismini — 1,6 milliondan ortig‘ini qo‘shni davlat Polsha qabul qilgan. Shuningdek, ukrainlar Ruminiya, Slovakiya, Vengriya, Moldova va Germaniyaga ham bormoqda.

BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari ma’lumotiga ko‘ra esa, Ukrainani tark etganlar soni 2,97 million atrofida, shundan 157 mingdan ortig‘i boshqa mamlakatlar fuqarolaridir.

RF mudofaa vazirligi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Rossiyaga Donbass hududidan 248,9 ming kishi o‘tganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainani tark etganlar soni uch milliondan oshdi