Xakerlar saytlarni buzib kirdi va Putinni «1-raqamli terrorchi» degan bayonot qoldirdi

Xakerlar saytlarni buzib kirdi va Putinni «1-raqamli terrorchi» degan bayonot qoldirdi
Rossiya hakamlik sudlari veb-saytlarining bosh sahifalari xakerlar hujumiga uchradi, deb yozmoqda «Interfaks».

Moskva vaqti bilan soat 05:00 (Toshkent vaqti bilan 07:00) atrofida xakerlar Primorsk, Krasnoyarsk va Xabarovsk o‘lkalari, Novosibirsk va Kursk viloyatlari, Moskva va Ural federal okrugining beshta viloyati hakamlik sudlariga hujum qilgani ma’lum bo‘ldi.

Buzilgan veb-saytlarda «siyosiy bayonotlar», paydo bo‘lgan. Sota va «Grati» nashrlari Xabarovsk va Qrim hakamlik sudlari saytlarining bosh sahifalaridan skrinshotlarni chop etdi. Xakerlar sahifalarga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «1-raqamli terrorchi» deb atagan matnni joylashtirgan. Unda shuningdek, Putinga nisbatan impichment e’lon qilinishi va siyosiy mahbuslarga erkinlik berilishi talab qilingan.
Xakerlar saytlarni buzib kirdi va Putinni «1-raqamli terrorchi» degan bayonot qoldirdi
Moskva vaqti bilan soat 08:30 ga kelib, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Amur va Sverdlovsk viloyatlari hakamlik sudlarining veb-saytlari ishlamay qolgan. Irkutsk sudining sayti odatdagidek ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangandan so‘ng Anonymous xakerlik guruhi Rossiya hukumatiga qarshi «kiberurush» e’lon qilgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar