Foto; Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinni Ukrainaga urush ochgani uchun «harbiy jinoyatchi» deb hisoblashini ma’lum qildi.
«U harbiy jinoyatchi», — degan Bayden Oq uyda o‘tgan tadbirdan so‘ng jurnalistlar bilan muloqotda.
Bayden Oq uydagi chiqishida Ukrainaga ko‘proq qurol-yaroq yetkazib berishni va’da qildi va shu haftaning o‘zida 1 milliard dollarlik jo‘natma yetkazilishini ta’kidladi.
Ukrainadagi vaziyatning rivojlanishi haqida fikr bildirar ekan, urushning uzoq davom etishi va mashaqqatli bo‘lishidan ogohlantirdi.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki harbiy jinoyatlar sodir bo‘lgan yoki bo‘lmaganini aniqlash borasida AQSHning Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorligi davom etayotgani haqida gapirgandi, deyiladi Bloomberg xabarida.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH davlat rahbari Jo Baydenning «Putinni harbiy jinoyatchi» deb atagan bayonoti «o‘rinsiz va kechirib bo‘lmaydigan nutqdan» boshqa narsa emasligini aytgan.
«Bombalaridan butun dunyoda yuz minglab odamlar halok bo‘lgan davlat rahbarining bunday ohangda aytgan gaplari o‘rinsiz va kechirib bo‘lmaydigan nutq» deb hisoblaymiz», — deya Dmitriy Peskov so‘zlaridan iqtibos keltirgan «TASS». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi