date
views 2 020

Zelenskiy va Putin tez orada uchrashishi mumkin

Zelenskiy va Putin tez orada uchrashishi mumkin
Foto: RIA Novosti
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv tez orada o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisining maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

Polshaning «Wirtualna Polska» nashriga bergan intervyusida Podolyak prezidentlar o‘rtasidagi uchrashuv qanday holatda o‘tkazilishi haqida gapirdi: «Tinchlik kelishuvi bo‘yicha ishlar yakunlangach, uchrashuvni tashkil qilishga kirishamiz. Bu bir necha hafta ichida amalga oshishi mumkin», degan Podolyak.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda Ukraina tomoni yetakchisi bo‘lgan Podolyak Zelenskiy hamda Putin o‘rtasidagi uchrashuv Rossiyadan boshqa hamma yerda o‘tishi mumkinligini aytdi: «Joy muhim emas, u hamma yerda o‘tishi mumkin, faqat Rossiyada emas», degan Podolyak.

Oldinroq Turkiya Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zida o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Bugun, 17 mart kuni ham Rajab Erdo‘g‘an Putinga telefon qilib Zelenskiy bilan uchrashuv masalasini muhokama qilgan. Turkiya ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi uchrashuvni xavfsiz tashkil etib bergandi.

Financial Times o‘z manbalariga tayanib, Ukraina hamda Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda siljish borligi, tomonlar tinchlik kelishuvi bo‘yicha reja ishlab chiqqanini yozgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy va Putin tez orada uchrashishi mumkin