date
views 2 917

Ukrainada kechayotgan urushning 22-kuni — suratlarda

Ukrainada kechayotgan urushning 22-kuni — suratlarda
Mariupol koʻchalari
Foto: Reuters

17 mart — Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urushning yigirma ikkinchi kuni. Mart oyi boshidan beri qamalda boʻlgan Mariupolda gumanitar yoʻlak ochildi — Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga koʻra, kun davomida shahardan 43 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Kievda Ukraina havo mudofaasi Rossiya raketasini urib tushirdi, uning boʻlaklari turar joy binosiga urildi. Chernigov ma'muriyati bir kunda 53 nafar tinch aholi halok boʻlganini ma'lum qildi. Meduza 17 mart kuni urush zonasidan olingan fotosuratlarni jamladi.

Maxar Technologies kuzatuv kompaniyasi tomonidan olingan sun'iy yoʻldosh tasvirida Chernigov shimoli-sharqidagi turar joy hududida yonayotgan binolar koʻrsatilgan.
Foto: AP Photo


Chernigovning oʻqqa tutilishi oqibatida halok boʻlgan odamlarning jasadi
Foto: AFP


Odamlar Mariupolni tark etishga urinmoqda
Foto: Reuters


Rossiya tomoni Mariupolda gumanitar yoʻlak ochdi
Foto: Scanpix


Gumanitar yoʻlak orqali Mariupolni tark etmoqchi boʻlgan erkak nazorat punktida harbiylarga tatuirovkasini koʻrsatmoqda.
Foto: Scanpix


40 yoshli ukrainalik askar Igor Odessa markazida rafiqasi bilan
Foto: AFP


Odessa chetidagi oldindan tayyorlab qoʻyilgan qabrlar
Foto: Bloomberg


Kiev yaqinidagi Brovari shahrida harbiy trevoga paytida ertoʻlaga tushgan kasalxona xodimlari
Foto: AP Photo


Ukraina harbiy nazorat punkti va Kiev aholisi evakuatsiya jarayonida
Foto: Reuters


Ukraina harbiylari Kievdagi oʻqqa tutilgan turar joy binosini koʻzdan kechirmoqda. Hujum oqibatida bir kishi halok boʻlgan, uch kishi yaralangandi.
Foto: EPA


Urib tushirilgan raketaning parchalari tushgan uyning ichki qismi. Kiev
Foto: Reuters


Urib tushirilgan rus raketasining qoldiqlari tegib, oynalari singan deraza
Foto: AP Photo


Rossiya raketasining qoldiqlari sabab vayron boʻlgan kvartira ichidagi oʻt oʻchiruvchi
Foto: Reuters


Brovari shahridagi kasalxonada zambilda yotgan yarador
Foto: AP Photo


Raketa parchalarining turar joy binosiga kelib urilishi oqibatida halok boʻlgan onasining jasadi yonida yigʻlayotgan erkak. Kiev
Foto: Reuters


Bombardimon qilingach yonayotgan ombordagi olovni oʻchirish jarayoni, Kiev
Foto: AP Photo
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada kechayotgan urushning 22-kuni — suratlarda