12:00 / 22.03.2022
4 601

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish shartlarini ma’lum qildi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish shartlarini ma’lum qildi
Yevropa Ittifoqi (YEI) Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» to‘xtatilishi va qo‘shinlarning olib chiqishi bilan yumshatishi mumkin. Ushbu fikrlarni YEI tashqi ishlar xizmati rasmiy vakili Piter Stano aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, u YEI «xulq-atvorni o‘zgartirish» yoki xalqaro yoki gumanitar huquq buzilishiga javob berish uchun sanksiyalar qo‘llashini va YEI qonunbuzarliklar bartaraf etilgan, deb hisoblamaguncha cheklovlar o‘z kuchida qolishini ta’kidladi.

Stanoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatini uzaytirish va tuzatish to‘g‘risidagi qarorlar YEI a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.

Ma’lumki, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam so‘roviga javoban Donbassni himoya qilish uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshladi. Shundan so‘ng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi.

Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Ko‘plab davlatlar Rossiyaga, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, qator rasmiylar, tadbirkorlar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish shartlarini ma’lum qildi