14:10 / 23.03.2022
3 417

Rossiya Kaspiydan Ukrainaga «Kalibr» uchirganini e’lon qildi

Rossiya Kaspiydan Ukrainaga «Kalibr» uchirganini e’lon qildi
Foto: RF Mudofaa vazirligi
Rossiya Mudofaa vazirligi 20 mart kuni Kaspiy havzasidagi kemadan turib Ukrainaning Nikolayev viloyatiga qarata «Kalibr» qanotli raketasi uchirilganini e’lon qildi. Xuddi shu kuni Qora dengizdan turib Ukrainaning Nejin shahriga ham «Kalibr» uchirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, bu raketa zarbalari bilan harbiy texnikalar tuzatiladigan zavod va yonilg‘i bazasi yo‘q qilingan. «Kalibr» qanotli raketasi haqida nimalar ma’lum?

«Kalibr» nomi ostida bir necha turdagi raketalar birlashadi. Bunday turdagi qanotli raketalar ustida 1983 yildan buyon ishlab kelishgan. Hozirgacha «Kalibr» bir necha marta mukammallashtirilgan. 2019 yil AQSH Rossiya bilan imzolangan yaqin va o‘rta masofadagi raketalardan birgalikda voz kechish kelishuvidan chiqib ketgach, Rossiya «Kalibr»ni mukammallashtirishini ma’lum qilgan.

«Kalibr» raketalari hozirgacha faqat bir marta real harbiy harakatlarda ishlatilgan. 2015 yildan 2017 yilgacha Rossiya Kaspiy dengizidan turib Suriyaga 99 ta «Kalibr» raketasi uchirgan. Raketalar Kaspiydagi kemalar va suvosti kemalaridan uchirilgan. Ilk marta 2015 yil 7 oktabr tunda Suriyaga qarata 26 ta «Kalibr» uchirilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi raketa Iroq va Erondagi odamlar kam yashovchi joylar va tekisliklar ustidan 50 metr balandlikda uchib o‘tganini ma’lum qilgan. Rossiya tomoni raketalar orqali terrorchilar ob’ektlariga diametri 3 metr bo‘lgan aniqlikda zarba berilganini ma’lum qilgan.

Dastlab dengizda foydalanish uchun ishlab chiqarilgan «Kalibr» suvda 375 km uzoqlikdagi nishonni aniq uradi. Dengizdan quruqlikka qarab uchirilganda esa 2600 km uzoqlikdagi nishonni aniq ura olishi aytiladi. Rossiya harbiylari 2015 yil Suriyaga uchirilgan raketa parvoz davomida 147 ta manyovrni amalga oshirganini aytgandi. Shu tariqa, «Kalibr» radarlardan va nishondan qocha oladi. Keng foydalanilgan turining uzunligi 7,2 metr ekani aytiladi. Og‘irligi 1,3 tonnadan, 2,1 tonnagacha.

Hozirgacha Qora dengizdan turib «Kalibr» raketasini real amaliyotda qo‘llash holati kuzatilmagandi. Oldinroq Rossiya Ukrainaga qarata «Kinjal» raketasi otilganini ma’lum qilgandi. Aeroballistik raketa hisoblanmish «Kinjal» ilk marta harbiy amaliyotda ishlatildi.

Rossiyaning Ukraina hududidagi harbiy amaliyoti 24 fevraldan buyon davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Kaspiydan Ukrainaga «Kalibr» uchirganini e’lon qildi