
Foto: DMITRY FEOKTISTOV/TASS
Rossiya do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gaz yetkazib berganlik uchun rublda hisob-kitob qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qildi.
"Biz uchun Yevropa ittifoqi, Qo‘shma Shtatlarga mahsulot yetkazib berish va to‘lovni dollar, yevro, boshqa valyutalarda olishdan maʼno qolmadi. Shu sababli to‘lovlarni rublga o‘tkazish bo‘yicha choralarni amalga oshirishga qaror qildim. Ishni tabiiy gazdan boshlaymiz — nodo‘st mamlakatlarga yetkazib beriladigan gaz uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazamiz. Yaʼni hisob-kitoblarda o‘zini oqlamagan barcha valyutalardan foydalanishdan voz kechamiz", — dedi u.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, gazni shartnomalarda ko‘rsatilgan hajm va narxlarda yetkazib berish davom etadi. U bu bo‘yicha “Gazprom”ga tegishli buyruq berganini aytdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar