Foto: Doug Mills/The New York Times via AP, Pool
«Katta yettilik» mamlakatlari va Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plami borasida kelishib oldi, deb xabar berdi «Yevronyus».
Xabarda aytilishicha, AQSH Rossiya Davlat dumasi deputatlari hamda qator yirik mudofaa va moliya tashkilotlari rahbarlarini qora ro‘yxatga kiritishini e’lon qildi. Bundan tashqari, Rossiya markaziy bankiga aloqador bo‘lgan oltin bilan bog‘liq har qanday kelishuvlarga nisbatan sanksiya qo‘llaniladi.
London ham o‘nlab shaxslar va tashkilotlarni qora ro‘yxatga kiritdi.
«Katta yettilik» va Yevroittifoq yetakchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning buzilishi holatlari bo‘yicha ma’lumot almashishga ham kelishib oldi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu choralarni «iqtisodiy urush» deb atadi. Moskvaning bildirishicha, Amerika sanksiyalari Rossiya va AQSH munosabatlarini butunlay yo‘qqa chiqarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida «yashil» energiyani rivojlantirishga doir bitim imzolandi