17:33 / 25.03.2022
1 377

Rossiyada Visa va Mastercard ochish uchun O‘zbekistonga parvozlar tashkil qilina boshladi

Rossiyada Visa va Mastercard ochish uchun O‘zbekistonga parvozlar tashkil qilina boshladi
Foto: «Interfaks»
Rossiya turoperatorlari xalqaro to‘lov tizimlari kartalarini chiqarish uchun O‘zbekistonga sayohatlarni sotishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) xabar bermoqda.

Ukrainadagi urush ketidan Visa va Mastercard Rossiyada faoliyatini cheklagan edi.

Parvoz qilishni istagan rossiyaliklar uchun boshqa davlatda Visa va Mastercard kartalarini chiqarish eng qulay yo‘llardan biridir.

Birinchi bo‘lib VЕDI Group turoperatori ushbu tizim boshlangani haqida e’lon qildi.

‘‘O‘zbekistonga Visa uchun" sayohati Toshkentdagi mehmonxonada ikki kechani o‘z ichiga olgan holda uch kunga mo‘ljallangan. Ikkinchi kuni sayyohlar ertalab bir soatni Visa yoki Mastercard kartalarini chiqarish va olishga sarflashlari mumkin, — deyiladi ATOR xabarida.

Ekskursiya narxi odam boshiga 230 dollardan boshlanadi, parvoz uchun esa alohida to‘lanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Visa va Mastercard ochish uchun O‘zbekistonga parvozlar tashkil qilina boshladi