Foto: Qozog‘iston musulmonlari idorasi
Qozog‘iston musulmonlari idorasi 2022 yildagi Ramazon oyi 2 apreldan boshlanib, 2 mayga qadar davom etishini e’lon qildi. Qozog‘iston tarafi bu qaror O‘zbekiston va Qirg‘iziston musulmonlari idorasi bilan kelishuv asosida qabul qilinganini bildirdi.
Bu haqda, bugun, 25 mart kuni Nursulton shahrida mamlakat bosh muftiysi Navro‘zbay Tag‘anuli raisligida o‘tkazilgan Qozog‘iston musulmonlari idorasi prezidium yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Qozog‘iston muftiysining o‘rinbosari, shariat va fatvo bo‘limi boshlig‘i Sansizbay Qurbon o‘g‘lining ma’lum qilishicha, Ramazon oyining boshlanishiga doir qaror O‘zbekiston va Qirg‘iziston muftiyatlari bilan kelishuv asosida qabul qilingan.
Shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston muftiyati Ramazon hayiti 2 may sanasida nishonlanishini ma’lum qilgan.
Hozircha O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu xabar yuzasidan izoh bermadi.
Joriy yil 15 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qozog‘iston va Qirg‘iziston ulamolari ishtirokida Ramazon oyi hilolini kuzatishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tganini xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi