Urushning 30-kuni: Zaporojyedagi evakuatsiya, metroda hayot kechirayotgan ukrainaliklar

Xarkovga berilgan artilleriya zarbalaridan keyin yuzaga kelgan yongʻin
Foto: LETA
Ukrainada urush boshlanganiga ham oʻttiz kun boʻldi. 25 mart kuni Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ukrainaliklarning Rossiya qoʻshinini Kievdan uzoqlashtirganini xabar qildi. Bundan tashqari, Ukrainaning harbiy kuchlari hanuzgacha Rossiya armiyasining Nikolaevdan oʻtishi va Odessa tomon harakatlanishiga yoʻl bermayapti. Xarkovda Rossiya qoʻshini ijtimoiy yordam markazi joylashgan shahar poliklinikasini oʻqqa tutgan: toʻrt kishi halok boʻlgan, uch nafar odam yaralangan.
«Ukrainskaya pravda» nashri ma'lumotlariga koʻra, Vinnitsda olti dona qanotli raketa uchirilgan va bundan maqsad Ukraina qoʻshinining harbiy havo kuchlariga zarba berishdan iborat, biroq ushbu hujumlardan hech kimga talafot yetmagan. Bir oy davomida Rossiya harbiy kuchlari Ukraina shaharlarining 14 nafar merini asirga oldi, deya ma'lum qilgan Ukraina bosh vaziri oʻrinbosari Irina Vereshuk. Yevropa kengashi Ukrainani urushdan keyin qayta tiklash uchun maxsus jamgʻarma tashkil qilishga qaror qilgan. Meduza urushning oʻttizinchi kuniga aloqador 25 mart fotosuratlarni taqdim etdi.

Uspenskiy ibodatxonasining Xarkov markazida joylashgan, vayron qilingan kafe deraza oynasi sinigʻidagi aksi.
Foto: Reuters

Ikki nafar tinch aholi vakili Kiev viloyatidagi Brovarada portlashdan keyin vayronaga aylangan oziq-ovqat zavodi xarobalarini koʻzdan kechirmoqda
Foto: Scanpix

Kiev viloyati shimolidagi front chizigʻidan uzoq boʻlmagan yerda Ukraina harbiy kuchlari feldsheri hududiy mudofaa xizmatchilariga jgut yordamida qon ketishini toʻxtatishni koʻrsatib bermoqda
Foto: Reuters

Kiev atrofidagi Yasnogorodok qishlogʻida Rossiya va Ukraina qoʻshinlari oʻrtasidagi janglardan keyin vayron boʻlgan uyning ichki interyeri
Foto: AP Photo

Kiev yaqinidagi Ukraina armiyasi omboriga Rossiya snaryadi kelib tushganidan keyin chiqqan yongʻindan havoga oʻrlayotgan qora tutun
Foto: AP Photo

Mariupoldagi aholi yashaydigan hududlaridan birida yonayotgan harbiy texnika
Foto: «TASS»

Mariupolda aholi yashaydigan binolar hovlisidagi qabrlar. Rossiya qoʻshini qamal qilgan shahar aholisi qabristonlarga bora olmayapti, ular hujumlar oqibatida halok boʻlganlarni hovlilarga dafn qilishga majbur boʻlmoqda
Foto: «TASS»

Zaporojyedagi evakuatsiya punktiga yetib kelgan ukrainalik ayol va uning iti. Minglab odamlar shaxsiy avtomobillari va evakuatsiya avtobuslarida gumantira yoʻlaklar orqali Mariupol, Melitopol va Berdyanskdan ketishda davom etmoqda
Foto: Getty Images

Mariupol va Melitopoldan Zaporojyega kelayotgan kolonna avtobusi oynasidan atrofga qarayotgan ayol hamda qicha
Foto: EPA

Odessa armiya blokpostida turgan ukrainalik askar
Foto: Scanpix

Urush boshlanganidan beri Ukrainadagi koʻplab aholi yashash maskanlari oʻqqa tutilmoqda. Kievda aksariyat aholi qariyb bir oydan buyon aviazarbalardan yashirinib metroda hayot kechirmoqda
Foto: Reuters

Xarkov metrosi bekatlarining birida poezd vagonida bolakay bilan yashayotgan qiz, ushbu shaharda ham aholi Kievdagi kabi metrodan bombadan yashirinish joyi sifatida foydalanayapti

Izohlar 0
…