Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada oligarxlar yo‘qligini, AQSH esa sanksiyalari bilan «mutlaqo halol va qonuniy tadbirkorlarni talon-toroj qilganini» aytdi.
«Prezident Bayden bugungi voqealarning go‘yoki me’morlari bo‘lgan rossiyalik oligarxlardan hamma narsani tortib olishga muvaffaq bo‘lganidan faxrlanmoqda. Shubhasiz, AQSH prezidenti bular oligarx emasligini tushunmaydi. Oligarx — bu hokimiyat tepasiga ko‘tarilgan biznesmen, yaqin o‘tgan yillarda hokimiyat tepasiga ko‘tarilgan yagona oligarx — bu AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp. Darvoqe, bizning mamlakatimizda hokimiyatga intilgan so‘nggi oligarx ehtimol, Mixail Xodorkovskiy bo‘lgan», — dedi Peskov.
Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik tadbirkorlarning G‘arb davlatlarida qonuniy yo‘l bilan sotib olgan mulklari sanksiyalar ostida qolgan. «Yaxtalar, samolyotlar va uylar uchun soliq to‘langan, bu pullar AQSH va G‘arbiy Yevropa iqtisodiyotini rivojlantirishga sarflangan», — deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Jo Bayden 26 mart kuni Varshavadagi nutqida AQSH 140 nafar rossiyalik oligarx va ularning oila a’zolariga nisbatan sanksiyalar joriy etganini, «ularning noqonuniy yo‘llar bilan orttirgan mulklari, yaxtalari, hashamatli kvartiralari va qasrlari qidirib topilayotganini» aytgandi.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyaning 400 dan ortiq hukumat amaldorlari, jumladan, Ukraina bilan urushning asosiy me’morlari» ham sanksiyalar ostida qolgan. Baydenning ta’kidlashicha, sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga shunday zarar yetkazdiki, u tez orada dunyoning 20 ta yirik iqtisodiy davlati qatoriga ham kirolmaydi. Rossiya rubli esa, AQSH prezidentining so‘zlariga ko‘ra, keraksiz qog‘ozga aylanib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz