Kecha Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvar kontingenti vakili bayonot berib, Ozarbayjon qo‘shinlarini tinchlikparvar kuchlar nazorati ostidagi hududga bostirib kirganlikda aybladi.
Shu bilan birga, Rossiya tinchlikparvar kuchlarining o‘zlari 10 noyabrdagi uch tomonlama kelishuv qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, arman qurolli tuzilmalarini o‘z javobgarlik zonasidan olib chiqish choralarini ko‘rmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi kunlarda arman to‘dalari Farrux qishlog‘i yaqinida xandaq qazib, istehkomlar o‘rnatgan. Shu bilan birga qurollangan arman ayirmachilarining harakatlarini kuzatgan Rossiya tinchlikparvar kuchlari ularga hech qanday tarzda aralashmagan. Va hatto ularga dalda berishgan.
Tabiiyki, bunday vaziyatda ozarbayjon harbiylari qurollangan ayirmachilarning xatti-harakatlarini jimgina kuzatib turmadi, ular Rossiya tinchlikparvar kuchlarining harakatsizligini ko‘rib, qizil chiziqni kesib o‘tishga majbur bo‘ldi.
Ozarbayjonlik manbaga ko‘ra, Ozarbayjon qo‘shinlari Farrux qishlog‘ini to‘liq nazoratga olgan.
Voqeaga qaytadigan bo‘lsak, rossiyalik tinchlikparvar kuchlar nafaqat Uch tomonlama kelishuvning 4-bandini qo‘pol ravishda buzganliklari, balki shu yil 22 fevralda Moskvada imzolangan Ozarbayjon va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi qurolli separatizmga qarshi birgalikda kurashish majburiyatlarini o‘z ichiga olgan Ittifoqchilik hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bandlarini ham e’tiborsiz qoldirganliklarini ta’kidlash lozim.
Tinchlikparvarlar o‘z mas’uliyat zonasida joylashgan boshqa qishloqlar qatori Farrux qishlog‘i ham Ozarbayjonning suveren hududi ekanligini unutib qo‘ygan va shu bois Ozarbayjonga qarshi ayblovlar qo‘yayotgan bo‘lsa kerak.
Rossiyaning Qorabog‘dagi tinchlikparvar kontingenti har qanday ko‘rinishda o‘ziga yuklangan vazifalarni bajara olmayotgani va umidlarni oqlamasligi aniq.
Natijada, Rossiya tinchlikparvar qo‘shinlarini 2025 yildan keyin joylashtirishning maqsadga muvofiqligi masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz