Foto: Anadolu
Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning yangi raundi boshlandi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.
Uchrashuv avvalida delegatsiyalar bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on salomlashgan. «Adolatli dunyo — barcha tomonlar uchun g‘alabadir, to‘qnashuvlarning davom etishi tomonlarning hech biriga foyda keltirmaydi. Dunyo hamjamiyati Istanbuldagi uchrashuv ishtirokchilaridan ijobiy qaror kutmoqda», — dedi u.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev uchun muzokaralarda «minimum dastur» — gumanitar muammolarni hal etish, «maksimum dastur» esa — o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha barqaror kelishuvga erishishdir.
Financial Times o‘z manbalariga tayanib, tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv loyihasini muhokama qilayotganini yozdi. Nashr xabariga ko‘ra, Moskva Kiyevning NATOga qo‘shilmasligi kafolati evaziga Ukrainani «denasifikatsiya» va «demilitarizatsiya» qilish singari bir qator talablardan voz kechishga tayyor.
Rossiya va Ukraina vakillari 28 fevral, 3 va 7 mart kunlari Belarusda yuzma-yuz uchrashdi, shundan so‘ng ular muzokaralarni videoformatda davom ettirdi. Moskva Kiyevdan Qrimni Rossiya hududi sifatida, Lugansk va Donetsk xalq respublikalari suverenitetini tan olishni hamda hech qanday blokka qo‘shilmaslik borasidagi neytral maqomini yuridik jihatdan mustahkamlashni talab qilayotgandi.
Ukraina talablari orasida xavfsizlik kafolatlari va rus qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish bor. Zelenskiy Moskva bilan Qrim, LXR va DXR masalasida yechim topishga tayyorligini bildirgan. Oldinroq muzokaralar bo‘yicha Rossiya tomoni delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Kiyev va Moskva muzokaralarning asosiy bandi — Ukrainaning neytral maqomi va NATOga qo‘shilmaslik masalasi bo‘yicha «maksimal darajada pozitsiyasini yaqinlashtirish»ga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, u Ukraina xavfsizlik kafolatlari bilan bog‘liq «nyuanslar boshlanayotganini» ta’kidlagan.
28 mart kuni Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina delegatsiyasining navbatdagi uchrashuvini Istanbulda o‘tkazishga kelishib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi