Foto: EPA
2011 yil iyulida mudhish teraktni amalga oshirgan jinoyatchi — Anders Breyvik boshqa qamoqxonaga ko‘chirilmoqda. U 11 yil muntazam Shiyen qamog‘ida saqlandi, endigi manzili Rinnerik turmasi, bunisi ham juda qattiq qo‘riqlanadi.
Norvegiyalik qotil 21 yilga qamalgan, biroq mahkum jamiyat uchun xavf tug‘dirishda davom etarkan, qamoqxonada bandi qilinishi tugamaydi.
Avvalroq Breyvik shartli-muddatidan oldin ozod etishlarini so‘rab arz qilgan, ammo sud rad etgandi: Breyvikning ruhiy sifati o‘sha-o‘sha — o‘zgarmagan, yana teraktga qo‘l urishdan toymaydi.
Breyvik, shuningdek, Norvegiya hukumatiga ham shikoyat yo‘llagandi. Aytishicha, uni inson huquqlariga zid sharoitda saqlashmoqda, yakka-yolg‘iz bandilikda o‘tirish oqibatida «ruhiy zarba olishi mumkin» ekan.
Anders Breyvik 2011 yilda uyushtirgan xunrezliklar tafsilotlari bilan tanisharkansiz, unga bu ham kam, degan xulosaga borasiz. Breyvik avvaliga 22 iyul kuni Norvegiya poytaxti Oslodagi hukumat binolaridan birini portlatadi — 8 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohat olgan. Terrorchi shundan so‘ng Utyoya oroliga borib, Sotsial-demokratlar ishchilar partiyasi yoshlar qanoti yig‘iniga kelgan qatnashchilarni miltiqda «ovlash»ni boshlaydi. O‘shanda 69 kishi halok bo‘lgan, 66 kishi jarohat olgan, ularning ko‘pchiligi o‘smirlar edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi