Foto: RIA Novosti
Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyani Qora dengizda oziq-ovqat olib ketayotgan yuzga yaqin kema yo‘lini to‘sib qo‘yganlikda aybladi.
Rossiyaning Ukrainaga harbiy harakatlari mamlakatda qattiq oziq-ovqat tanqisligini keltirib chiqardi va global oziq-ovqat inqirozi uchun zamin yaratmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Vendi Sherman ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Ukraina portlariga kirishni to‘sib qo‘ymoqda. Kiyevni don eksport qilish imkoniyatidan mahrum qilib, 94 ta oziq-ovqat tashuvchi kemalarining O‘rta yer dengiziga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda.
«Putin o‘z urushini davom ettirar ekan, gumanitar inqiroz yanada kuchayaveradi. Bu urushni u boshlagan. U global oziq-ovqat inqirozini yaratdi. Va bu inqirozni to‘xtata oladigan yagona odam ham uning o‘zi», — dedi Sherman.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina va Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilari bo‘lib qolmoqda va jahon bug‘doy eksportining qariyb 30 foizi, makkajo‘xorining 20 foizi va kungaboqar yog‘i eksportining 75 foizi Qora dengiz mintaqasidan o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi