Amerikalik investor Adam Taunsend G‘arb sanksiyalari fonida Rossiya rublining mustahkamlanishidan hayratda qoldi. Bu haqda u Tvitterdagi sahifasida shunday yozgan.
“Rubl o‘zining sanksiyalar ta’sirida yo‘qotgan barcha pozitsiyalarini qayta tiklab oldi”, - dedi Taunsend. Taunsend, shuningdek, Rossiyada inflyatsiya darajasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda past ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi, bunga javoban Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi.
Rossiya oltin-valyuta zahiralarining qariyb yarmi, 300 milliard dollarga yaqini G‘arbda muzlatib qo‘yilgan. Lekin Moskvaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bosimi G‘arb davlatlarining o‘zi uchun iqtisodiy muammolaga aylandi. AQSH va Yevropada yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishi kuzatilmoqda. Vaziyat ayniqsa Rossiya prezidenti tomonidan gaz uchun to‘lovni rublga o‘tkazish haqidagi topshirig‘idan so‘ng keskinlashdi.
Rossiyaning xorijdagi valyuta hisob raqamlari cheklangan vaziyatda, Vladimir Putin 23 mart kuni do‘stona bo‘lmagan davlatlarga gazni faqat rublda yetkazib berish to‘g‘risida topshirib berdi, va to‘lovni "ularning valyutasida olish ma’nosiz" ekanini aytdi.
Rossiya Markaziy banki va "Gazprom" kompaniyasi 31 martga qadar Yevropa bilan rublda operatsiyalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqishi kerak. Shu bilan birga, u Rossiya gaz yetkazib berishdan bosh tortmasligini va gazni avvalgi shartnomalarda belgilangan hajmlarda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini alohida ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi