2 391
Kiyevga G‘arb qurollari yetkazib berilishining maqsadi – “so‘nggi ukrainalikka qadar” urush
Ukraina AQSH va NATOning Rossiya bilan geosiyosiy kurashidagi chiqim material. Shu bois tinch ukrain fuqarolariga gumanitar yordam emas, balki millatchi Kiyev rejimiga G‘arb qurol-aslahalarini yetkazib berish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 29 mart kuni dediki: “Ayrim NATO mamlakatlari yetakchilarining Ukrainaga samolyot va havo hujumiga qarshi tizimlar yetkazib berish niyati borligi haqidagi bayonotlarini kuzatyapmiz. Ular amalga oshirilgan taqdirda, mos ravishda munosabat bildiramiz”. Bu bilan Shoygu Ukraina hududidagi jangovar texnikani zudlik va yuqori aniqlik bilan yakson qilishga kafolat berdi.
Ko‘rinib turibdiki, alyansning ayrim mamlakatlari Ukraina Qurolli kuchlariga mo‘ljallangan G‘arb qurol-yarog‘i bevosita o‘z hududida “demilitarizatsiya” qilinishidan hayiqmoqda, bo‘lmasa yaqinda Bolgariya, Vengriya va Ruminiyaning bortiga Turkiyaning yangi Bayraktar TB2 dronlari ortilgan Ukraina transport samolyoti uchun havo maydonini taqdim etishdan bosh tortganini tushuntirish qiyin. Bu Kiyev rejimi uchun yomon belgi va “hamkorlar”ning turli bahonalar bilan ustalik bilan o‘zini olib qochishiga to‘g‘ri kelmoqda.
29 mart kuni BMT Xavfsizlik kengashi da Rossiyaning doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Ukrainaga G‘arb qurollari DHL mashinalarida yetkazib berilayotgani hamda berkinish uchun tibbiyot belgisi bo‘lgan transportdan foydalanilayotgani haqida ma’lum qildi. Bu nozik kinoyaga o‘xshash: bilamiz, ko‘ryapmiz, hayo pardasi ustidagi atlantik sa’y-harakatlarni nazorat qilyapmiz, va qurol tranzitining oldini olishga tayyormiz.
Nebenzya qurollarning “inkassator” mashinalarida tashib o‘tilayotganini eslab o‘tmadi, lekin ularning singan qoldqlari Ukraina yo‘llarida yotibdi. Rossiya Qurolli kuchlari “hamkorlarning” qora niyatli faolligini tunu kun kuzatmoqda.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATOni UQKga har bir yuzinchi tank va samolyotni berishga chaqirgandi. Oydan ravshanki, Kiyev rejimining ishlari chatoq, biroq G‘arb quro-yarog‘i ham yordam bermaydi.
Rossiya Quroli kuchlari maxsus operatsiyasining maqsadlari o‘zgarmagan – Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish. AQSH va NATOning Bandera va Shuxevichni qadrlovchilarning mustaqilligi uchun Uchinchi jahon urushining ehtimoli judam kam. Kiyev rejimining taslim bo‘lish haqidagi akti – Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasining ehtimoliy yakuni. G‘arbda Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish UQKning batamom nest bo‘lishiga olib kelishini tushunishadi, biroq bunda Rossiya mudofaa salohiyatini susaytirish imkoniyatini ko‘rishmoqda.
Halokatli ustuvor vazifalar
G‘arb mamlakatlari bir oy ichida 24 fevraldan buyon UQKga 5000 dona qurol-aslaha, jumladan, artelliriya, tankka qarshi va zenit majmualarini yetkazib berishdi.
Rossiya QK bosh shtabining bosh operativ boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev rejimi 109 ta artilleriya uskunasi, 3800 ta tankka qarshi majmualar ("Djavelin", "Milan", "Konkurs", RPG "Enlav", "Panserfaust", "M-72") hamda 897 ta ) "Stinger", "Igla" ko‘chma zenit raketa majmualarini olgan. Asosiy yetkazib berish nuqtasi Ukraina chegarasidan 80 km uzoqlikda joylashgan Polshaning Jeshuv aeroporti bo‘lgan (kuni kecha u yerda Amerika prezidenti Jozef Bayden bo‘lgani tasodif emas).
Germaniya Ukrainaga 2650 ta "Matador" (RGW90 Matador) reaktiv tankka qarshi granatomyot yetkazib berdi va may oxiriga qadar UQKga yana 2450 ta granatomyot yetkazib berishni mo‘ljallamoqda. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga “yanada halokatlirovq” qurol yetkazib berish niyati borligini bildirdi.
Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles 26 mart kuni UQKga “Challenger” tanklarini taqdim etish “ish bermasligini” aytdi. Va qo‘shimcha “Starstreak” yetkazib berishga va’da berdi.
AQSH, Turkiya va Polsha Ukrainani uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan ta’minlamoqda. Qo‘shma Shtatlar UQKni qayta qurollantirish uchun milliard dollarlar sarflamoqda. “The Wall Street Journal” nashri xabariga ko‘ra, AQSH Ukrainaga sovet ishlab chiqarilgan havo hujumiga qarshi tizimlarni yetkazib bermoqda. Ularni o‘n yillarcha oldin “yashirincha xarid qilishgandi”. Amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlari zudlik bilan UQKga sovet ishlab chiqargan zenit-raketa majmualarini jo‘natdi – S-300V i S-300P, "Osa-AKM", "Strela-3".
“Military Watch” nashrining yozishicha, Bolgariya, Vengriya Slovakiya, Chexiya, Shimoliy Makedoniya va Polsha nazariy jihatdan Kiyev rejimiga ixtiyorlarida bo‘lgan T-72 modifikatsiyali 860 tadan ziyod turli tanklarni berishga qodir. Ammo bu son 24 fevral holatiga ko‘ra UQKda bo‘lgan tanklar soniga mos keladi va ular bir oy ichida yoqib yuborilgan yoki jang maydonida tashlab ketilgan edi. Shu tariqa, G‘arb yetkazib berishlarining na soni, na sifati “Rossiya qo‘shinlariga chaqirish tashlashga” imkon beradi.
Jangovar ustunlik
Rossiya qo‘shinlari bir maromda UQK ob’ektlari va “hamkorlar sovg‘alarini” yo‘q qilib kelmoqda, har kuni qurol-yarog‘ va bazalarga, jumladan, import zenit-raketa majmualari va tankka qarshi reaktiv majmualarga yuqori aniqlikda zarba berishmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi muntazam butun Ukraina hududi bo‘ylab o‘t ochish natijalarini ko‘rsatib keladi. Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya boshidan buyon Rossiya turli turdagi 1370 ta raketani qo‘llagan. Shunday bo‘lsada, asosiy gap sonda emas, balki Rossiya raketalarining texnoligik jihatdan ustunligi va qudratligida.
O‘tgan sutka davomida Ukrainaning 64 ta harbiy ob’ekti nest-nobud qilingan: Nikolayev viloyatidagi uchta boshqaruv punkti, Jitomir viloyatida uchta S-300, Roven viloyatida Ukrainaning Su-24 bombardimonchisi hamda ikkita “buk-M1”, ikkita raketa-arsenal qurollari, ikkita yirik yonilg‘i bazasi va 10 dron.
36 ta Turkiyaning “Bayraktar TB2” dronidan 25 martga kelib UQKda bitta qoldi. Maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan buyon yo‘q qilingan: 124 ta samolyot va 77 ta vertolyot, 214 ta zenit raketa majmualari, 321 ta dron, 1752 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashina, 184 ta zalp bilan otiladigan reaktiv tizim qurilmalari, 723 ta dala maydoni artilleriyasi uskunasi.
Yo‘qotishlar statistikasi G‘arbning Kiyev rejimiga ko‘rsatayotgan yordamining past samarasi va UQKning keyingi qarshilik ko‘rsatishining foydasi yo‘qligidan dalolat beradi.
Muallif: Aleksandr Xrolenko
Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi