
Urush 36 kundan beri davom etmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligining Kiyev va Chernigov hududlarida harbiy faollik «keskin qisqargani» haqidagi bayonotlariga qaramay, ushbu hududlarda otishmalar davom etmoqda. Ukraina armiyasi Xarkov yaqinidagi bir qancha aholi punktlari ustidan nazoratni tikladi. Mariupolda Lugansk kuchlari ishtirokida janglar davom etmoqda. Meduza 31 mart kuni urush zonasidan olingan muhim fotosuratlarni to‘pladi.

Xarkov sharqida alanga tungi osmonni yoritmoqda, ushbu hududda Ukraina qo‘shinlari tashlab ketilgan va ishdan chiqarilgan mashinalardan yo‘lni tozalamoqda.
Foto: AFP

Rus armiyasi bostirib kirgan qishloqlardan qochgan odamlar, yaqin atrofdagi cherkovdan panoh topmoqda. Bashtanka, Nikolayev viloyati
Foto: AP Photo

Ukrainaning uchinchi yirik po‘lat zavodi bo‘lgan «Zaporjstal» ishchilari havo hujumi paytida yerosti bunkerida.
Foto: Reuters

Ukraina askarlari Kiyev viloyati Irpen shahridagi vayron qilingan ko‘prik yaqinida tinch aholining jasadlarini yig‘moqda.
Foto: AP Photo

Kiyev chekkasida ishdan chiqarilgan zirhli texnikalar yonidan o‘tayotgan ukrainalik askarlar
Foto: AP Photo

Avtomat va gazaklar. Kiyev chetidagi ukrainalik harbiylarning ovqatlanish stoli
Foto: AP Photo

Ukrainalik askar otishma paytida boshpana ichida chekmoqda.
Foto: Reuters

Ukraina askarlari Xarkov yaqinidagi qaytarib olingan Malaya Rogan qishlog‘ida urib tushirilgan rus vertolyoti bilan suratga tushmoqda.
Foto: EPA

Rossiyaparast LXR harbiy xizmatchilari qamaldagi Mariupolda jang paytida tankka qarshi granatani ko‘tarib ketmoqda.
Foto: Reuters

LXR harbiy xizmatchisi Mariupoldagi jang paytida granatadan o‘t ochmoqda.
Foto: Reuters

Xarkovda qo‘liga kishan solingan rossiyalik askar.
Foto: AFP

Malaya Rogan qishlog‘ida tashlab yuborilgan rus o‘q-dorilari va quruq oziq-ovqat qutilari
Foto: EPA

Xarkov shimolidagi gaz quvuri Rossiya pozitsiyalaridan o‘t ochilgan paytda shikastlandi.
Foto: Reuters

Rossiya hujumidan so‘ng Xarkov shimolidagi turar joy binolari uzra ko‘tarilgan tutun.
Foto: Reuters “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar