Valdayskiy Iverskiy erkaklar monastiri.
Foto: «Iveron.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Novgoroddagi Valdayskiy Iverskiy erkaklar monastiriga 2001 yili ilk marotaba tashrif bilan kelganida ikona sovg‘a qilgan, keyinchalik o‘sha ikona o‘g‘irlab ketilgan ekan.
Novgorod viloyati sudlari birlashgan matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘g‘rilik 2020 yilning 1 sentabriga o‘tar kechasi sodir etilgan. Leningrad viloyatida yashovchi 46 yoshli Aleksandr Alekseyev sherigi bilan Selvitskiy oroliga suzib kelishgan, darvoza ostini qazib, monastirga kirishgan. Hammasi xuddi kinolardagidek.
Sheriklar ikonaga qo‘shib xoch va boshqa oltin buyumlarni — taxminan 5 million rubl qiymatidagi narsalarni o‘g‘irlab olib chiqib ketishgan.
Sud qarori bilan Aleksandr Alekseyev yetti yilga ozodlikdan mahrum etilib, qattiq qo‘riqlanadigan koloniyaga yuborilgan. Sherigi ustidan boshqa ish ochilgan, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi