
Foto: AP
Germaniya Rossiyaning «Iskander» raketa majmualaridan himoyalanish uchun AQSH yoki Isroildan raketaga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bundesver bosh inspektori Eberhard Sornning so‘zlariga ko‘ra, Kaliningradda joylashtirilgan «Iskander»lar G‘arbiy Yevropaning deyarli butun hududiga yetib borishi mumkin. Uning qayd etishicha, Germaniyada bunday zarbadan himoyalanish uchun «ishonchli qalqon» yo‘q.
«Hozircha bir narsa aniq: bizda raketaga qarshi mudofaa tizimlarini ishlab chiqish uchun vaqt ham, mablag‘ ham yo‘q, shu bois raketa hujumi tahdidi mavjud»,— dedi u.
Sorn Germaniya qaysi tizimlarni sotib olishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi. Welt am Sonntag nashrining yozishicha, gap AQSHning Isroil bilan hamkorlikda ishlab chiqargan Arrow-3 raketalarga qarshi majmuasi va Amerikaning THAAD tizimi haqida bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar