
Foto: president.az
Kelasi haftada Ozarboyjon va Armaniston yetakchilari Bryusselda Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha tinchlik muzokaralarini o‘tkazadi, deb xabar berdi “Yevronyus”.
O‘tgan haftada Yerevan va Moskva Bokuni Rossiya harbiylari nazoratidagi hududda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda ayblagandi.
Ozarboyjon o‘zining xalqaro tan olingan chegaralari doirasida harakat qilayotganini bildirdi.
Armaniston Rossiyani Ozarboyjonning harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi.
O‘zaro ayblovlarga qaramasdan, Armaniston ham, Ozarboyjon ham nizoni bartaraf etish uchun muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirmoqda. Muzokaralar Yevroittifoq vositachiligida o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.