07:00 / 03.04.2022
3 999

Lavrov AQSHning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalari haqida keskin fikr bildirdi

Lavrov AQSHning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalari haqida keskin fikr bildirdi
Rossiya AQSH va NATO harbiy bazalarining Markaziy Osiyoda joylashtirilishini nomaqbul deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar vazirlari uchrashuvida ma’lum qildi.

Avval ta’kidlaganimizdek, biz AQSH va NATOning yoki ular afg‘onlariga xizmat ko‘rsatayotgan har qanday harbiy infratuzilmasining qo‘shni davlatlar hududida, birinchi navbatda Markaziy Osiyoda joylashtirilishini nomaqbul deb hisoblaymiz”, - dedi Rossiya TIV rahbari. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bunday tashabbus nafaqat mintaqa mamlakatlari manfaatlari, balki Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) hujjatlarida belgilangan majburiyatlarga ham zid bo‘ladi.

Rossiya vazirining Amerika harbiy bazalari Markaziy Osiyo mamlakatlarini terrorchilar zarbalari ostiga qoldirishiga, mintaqada NATOning bo‘lishi barqarorlikni izdan chiqarishiga ishonchi komil.

Avvalroq Politico nashri AQSH Rossiya va MDH mamlakatlari bilan Afg‘oniston yaqinida joylashgan harbiy bazalardan terrorchilarga zarba berish maqsadida foydalanish haqida muzokaralar olib borgani haqida xabar qilgan edi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bu xabarni rad etgan edi. Chunki “mamlakat qonunchiligi bunga imkon bermaydi”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov AQSHning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalari haqida keskin fikr bildirdi