
25 mart kuni Nur-Sulton shahrida Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat prezidenti va yuqori martabali davlat xizmatchilariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirayotgan xorijiy razvedka agentini qo‘lga oldi.
U Qozog‘iston fuqarosi ekani aytilmoqda.
Shu bilan birga, u maxsus va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan, deyiladi xabarda.
Tintuv natijasida xorijda ishlab chiqarilgan snayper miltig‘i, giyohvand moddalar va katta miqdorda pul topilgan. Qurollar Qozog‘istonga qisman professional niqoblangan holda olib kelingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar