Rossiya Ukrainadagi harbiy strategiyasini o‘zgartirgan holda bor e’tiborini Donbassga qaratadi. Bu haqda CNN bilan suhbatda bo‘lgan razvedka ma’lumotlaridan xabardor amerikalik va yevropalik mansabdorlar aytgan.
Telekanal manbasining so‘zlariga ko‘ra, Kreml 9 may kuni Donbass va Ukraina sharqidagi boshqa hududlar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilganini e’lon qilmoqchi. «9 may Putin uchun ramziy ma’noga ega kun va u o‘sha kuni urushdagi qandaydir g‘alabani nishonlashni istaydi», degan manba.
«Urush qay holatda ketayotgani va tinchlik kelishuvi davom etayotganidan qat’i nazar Vladimir Putin 9 may kuni g‘alaba paradini o‘tkazadi. Lekin qaysi askarlar va qaysi texnika bilan – shunisi qiziq», degan CNN bilan suhbatda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birining mudofaa tizimida ishlovchi mansabdor. Uning aytishicha, Putin Chechenistonda bo‘lgani kabi uzoq davom etuvchi urushga tayyorlanmoqda.
Xabarda yozilishicha, AQSH razvedkasi havo isib borayotgani sabab rus tanklari uchun tezroq o‘z pozitsiyalarini egallash muhim bo‘lib qoladi. Chunki sovuq tugab, yer yumshay boshlagani sari og‘ir rus tanklarining harakatlanishi qiyinlashadi. Shuningdek, CNN Putin urushning qolgan qismini boshqaradigan qo‘mondon tayinlashi haqida ham yozgan. AQSH mudofaa tizimidagi manba bu harbiy harakatlarning janubiy qismida harakat qilgan generallardan birortasi bo‘lishini taxmin qilgan. Ularning aytishicha, aynan o‘sha yerda Rossiya o‘z maqsadlariga nisbatan yaqinlashgan.
CNN'ga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarida muayyan boshqaruvchi bo‘lmagan va bu muvaffaqiyatsizlikning sabablaridan biri bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi