
Tolibonning Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulloh Mujohid tomonidan tarqatilgan bayonotga ko‘ra, qoidabuzarlar shariat bo‘yicha jazolanadi va ko‘knori ekini yo‘q qilinadi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalarining barcha turlarini, jumladan alkogol, geroin, metamfetamin, kaptagon, marixuana va boshqalarni ishlab chiqarish, sotib olish, sotish, tashish bilan shug‘ullanish qat’iyan man etiladi.
Ilgari Tolibon fermerlarga ko‘knori yetishtirishni taqiqlamagan. Balki uni iqtisodiyotning og‘ir ahvoli va muqobil yo‘llarning yo‘qligi bilan oqlagan. Ko‘rinib turibdiki, buni Xitoydagi muzokaralar natijalaridan biri – asosiy majburiyatlardan birini bajarish yo‘lidagi jiddiy qadam, deb hisoblash mumkin. Hammasi amalda taqiqning amalga oshirilishiga bog‘liq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar