
Foto: Reuters
Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon mamlakatni 4,1 milliondan ortiq inson tark etgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (UNHCR) ma’lum qildi.
Tashkilot veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 24 fevraldan 2 aprelgacha Ukrainani tark etgan qochqinlar soni 4 mln 176 ming 401 nafarga yetgan.
Qayd etilishicha, ukrainlarning katta qismi Polshaga yo‘l olmoqda: mamlakatga 2 mln 429 ming 265 nafar ukrainalik kelgan.
Ruminiyaga 636 mingga yaqin, Moldovaga 392 ming 933 kishi o‘tgan. Shuningdek, Vengriyaga 385,7 ming, Slovakiyaga 298,1 ming kishi kirgan.
Bundan tashqari, Rossiyaga ham 350 mingdan ortiq qochqin o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Ukraina aholisi (Qrimsiz, lekin Donbassning butun hududi bilan birga) 41 million 167,3 ming kishini tashkil qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar