Foto: Reuters
Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim mudiri o‘rinbosari, KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon Janubiy Koreya bilan harbiy qarama-qarshilik yuzaga kelgan taqdirda, mamlakatning yadroviy kuchlari «o‘z vazifasini bajarishini» ma’lum qildi. Uning bayonoti Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan e’lon qilingan.
«Janubiy Koreya biz bilan harbiy ziddiyatni tanlaydigan bo‘lsa, yadroviy jangovar kuchlarimiz, shubhasiz, o‘z vazifasini bajaradi», — deydi Kim Yo Chjon.
Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim mudiri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, agarda Janubiy Koreya KXDRga qarshi biror-bir harbiy harakatlarni qo‘llamaydigan bo‘lsa, u «hujum nishoni sifatida ko‘rib chiqilmaydi».
1 aprel kuni Janubiy Koreya mudofaa vaziri So Uk Pxenyan Seulga qarshi raketalarini yo‘naltirsa, respublika Qurolli kuchlari KXDRning qo‘mondonlik ob’ektlari va raketa uchiriladigan joylariga zarba bera olishini ma’lum qilgandi. Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining kotibi Pak Chon Chxon bunga javoban, agar oldindan zarba berilsa, KXDR Janubiy Koreyadagi asosiy nishonlarni «shafqatsizlarcha» yo‘q qilishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi