
Foto: TASS
Rossiya Ukrainadagi urush maqsadlarini o‘zgartirdi va bir necha oy davom etadigan yangi bosqichga tayyorlanmoqda, dedi AQSH prezidentining maslahatchisi Jeyk Sallivan.
"Rossiya hujum operatsiyalarini Ukraina sharqi va janubidagi ayrim rayonlarga qaratish uchun o‘z kuchlarini qayta joylashtirmoqda", - dedi u.
Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina sharqi va janubiga o‘n minglab harbiylarni tashlashni rejalashtirmoqda. Uning fikricha, Rossiya avvalgi harbiy muvaffaqiyatsizliklarini xaspo‘shlash uchun Donbassda kengroq hududlarni bosib olishni maqsad qilgan.
"Rossiya butun Ukrainani o‘ziga bo‘ysundirishga urindi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Endi esa mamlakatning bir qismini bo‘ysundirishga urinmoqda. Mazkur bosqich bir necha oy davom etishi mumkin", dedi u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar