13:17 / 06.04.2022
1 276

Yevroittifoq Putinning qizlariga nisbatan sanksiya qo‘llashi mumkin

Yevroittifoq Putinning qizlariga nisbatan sanksiya qo‘llashi mumkin
Foto: Forbes
Yevropa ittifoqi rasmiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizlari ekani taxmin qilinayotgan Katerina Tixonova hamda Mariya Voronsovani yangi sanskiyalar ro‘yxatiga kiritish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberga xabar tarqatgan.

Agentlikning o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, bu «ramziy belgi» bo‘ladi, sabab Tixonova va Voronsovaning Rossiyadan tashqaridagi aktivlari haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q, sanksiyalar Putinning e’tiborini jalb qilishga qaratilgan.

Rossiya prezidentining qizlari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi mumkinligi haqida Twitter’da The Wall Street Journal nashrining Yevropa bo‘yicha muxbiri Lourens Norman ham tvit yozgan.

Avvalroq The Wall Street Journal AQSHning Rossiyaga nisbatan moliyaviy sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirmoqchiligi, xususan, VTB va Sberbankga taqiqlar qo‘llamoqchiligini yozgandi. Ikkala bank ham fevral oyida Vashingtonning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

6 aprel kuni Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki AQSHning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra sanksiyalar Rossiyadagi moliyaviy tashkilotlar, mansabdor shaxslar va investitsiyalarga nisbatan tatbiq etiladi.

G‘arb mamlakatlari Rossiya fevral oxirida Ukrainada harbiy harakatlarni boshlaganidan keyin sanksiyalar e’lon qilishni boshlagan, shuningdek, Kiyev viloyatidagi aholi yashash punktlari hamda Bucha shahridan rossiyalik harbiylar chiqib ketganidan keyin minglab tinch aholi vakillarining jasadlari topilganidan so‘ng G‘arbning Moskvaga nisbatan taqiqlari soni ortgan. Rossiya rasmiylari Buchadagi odamlarning o‘limiga aloqadorligini inkor etmoqda.

4 aprelda Oq uy Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar shu haftaning o‘zida joriy etilishini e’lon qildi. 5 aprelda Yevrokomissiya yangi cheklovlar bo‘lishini bildirdi. Komissiya Rossiyaning to‘rtta bankiga nisbatan tranzaksiyalarni taqiqlash, bir qator jismoniy shaxslarga joriy qilingan cheklovlarni yanada kengaytirishni muhokamalarga qo‘yadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevroittifoq Putinning qizlariga nisbatan sanksiya qo‘llashi mumkin