Foto: «Gov.uk»
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiya aholisiga yangi videomurojaat yo‘lladi. U Britaniya hukumati rahbarining Twitter’dagi sahifasiga e’lon qilingan.
Rolik davomida Jonson Buchadagi videoni namoyish etib, u yerda nima sodir bo‘lganini so‘zlab bergan. Uning aytishicha, Rossiya hukumati sodir bo‘lgan voqeani yashirishni xohlamoqda. Jonson Rossiya aholisini urush haqidagi ma’lumotlardan erkin foydalanish uchun VPN-servislardan foydalanishga chaqirgan.
«Rossiyaliklar haqiqatni bilishga haqli. Haqiqatni bilishga loyiqsizlar», — deydi Jonson video avvalida rus tilida. Rolik yakunida u yana rus tilida qo‘shimcha qilgan: «Prezidentingiz harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Ammo men u sizlarning nomingizdan harakat qilayotganiga ishonmayman».
26 fevral kuni, Ukrainadagi urush boshlanganidan ikki kun o‘tib Boris Jonson Rossiya aholisiga qisman rus tilida videomurojaat yo‘llagandi. O‘shanda u urushni to‘xtatishga chaqirgan. Bundan bir hafta oldin esa uchta VPN-servis — Amnezia VPN, Proton va HighLoad VPN mamlakatda bloklangan OAV, ijtimoiy tarmoqlar va notijorat tashkilotlar saytlariga bepul kirish imkoniyati taqdiim etilishini e’lon qilgan edi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya hukumati Buchadagi jinoyat uchun javob berishi kerakligini aytgani, Germaniya kansleri Olaf Shols esa yangi sanksiyalar e’lon qilishi haqida ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Kiyev viloyatidagi Bucha shahrida tinch aholining qirg‘in qilingani 2 aprel kuni, Rossiya harbiylari chiqib ketganidan keyin Ukraina armiyasi shahar ustidan nazorat o‘rnatgan paytda ma’lum bo‘ldi. Ukraina prezidenti mahalliy aholining o‘limida rossiyalik askarlarni aybladi. Rossiya Mudofaa vazirligi halok bo‘lganlarning video va suratlarini «provokatsiya» va «G‘arb ommaviy axborot vositalari uchun Kiyev rejimining tomoshasi» deb atadi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, rus harbiylari 30 mart kuni shaharni tark etgunga qadar Bucha shahridagi birorta ham mahalliy aholi «hech qanday zo‘ravonlik harakatlaridan jabr ko‘rmagan». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?