Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaning Bucha shahridagi voqealarga munosabat bildirar ekan u yerda sodir bo‘lgan ishlarni harbiy jinoyat deb atadi.
«Rossiyalik harbiylar chiqib ketgach, o‘liklar ko‘chada qolgan. Tinch aholi vakillari sovuqqonlik bilan qatl qilingan, ba’zi jasadlarning qo‘li orqaga qilib bog‘langan. U yerda bo‘lgan ishlar oz emas, ko‘p emas, aynan harbiy jinoyatdir. Mas’uliyatli davlatlar aybdorlarni jazolash uchun birlashishi kerak», degan Bayden.
Bayden Buchadagi voqealar haqida AQSH kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvda gapirdi. CBS e’lon qilgan videoda anglash mumkinki, Bayden Kiyev yaqinidagi Bucha shahrini Buka deb talaffuz qilgan.
AQSH prezidentining aytishicha, ukrainadagi urush uzoq davom etishi mumkin: «Rossiya urushda allaqachon muvaffaqiyatsizlikka uchrab bo‘ldi. Urush uzoq davom etishi mumkin. Biz Ukrainani, ukrain xalqini va erkinlik uchun kurashni qo‘llashda davom etamiz», degan Bayden. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi