23:24 / 07.04.2022
1 271

Lukashenko: «Moskva va Kiyev muzokaralarini Belarusning ishtirokisiz o‘tkazish mumkin emas»

Lukashenko: «Moskva va Kiyev muzokaralarini Belarusning ishtirokisiz o‘tkazish mumkin emas»
Foto: «TASS»
Ukraina masalasi bo‘yicha muzokaralarni Belarus ishtirokisiz o‘tkazish mumkin emas. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

«Belarus ishtirokisiz muzokaralarni o‘tkazish mumkin emas. Sizlar bizni bunga aralashtirdingiz — birinchi navbatda G‘arb davlatlari, tabiiyki ushbu muzokaralarda Belarus pozitsiyasi ham aytilishi kerak.

Bizni Rossiya bilan bitta savatga solib qo‘yishganidan kelib chiqmayapmiz. Yo‘q. Biz ushbu urush mamlakatimiz devori ortida bo‘layotganidan kelib chiqyapmiz. Va u Belarusdagi vaziyatda jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli Belarusning ortidan hech qanday separat kelishuvlar bo‘lishi mumkin emas. Va mutlaqo ishonchim komilki, Rossiya bunday pozitsiyani tushunadi. Bunda hech qanday yomon narsa yo‘q. Ammo bu G‘arb o‘ylagan rejalarga zid. Lekin biz G‘arbning nog‘orasiga o‘ynashimiz kerak degani emas
», — deydi Lukashenko.

Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, urushdan keyin Ukrainaning qayta tiklanishi boshlansa, G‘arb davlatlari o‘z manfaatini o‘ylamay mamlakatni tiklamaydi.

«Eng yomon xavf shundaki, Ukrainada ukrainlarga tegishli bo‘lgan hech narsa qolmaydi. Hatto oligarxlarniki ham. Bularning barchasi AQSH oligarxlari va Yevropa Ittifoqining yirik davlatlari eziladi. Shuning uchun baxtni o‘zidan qidirish kerak. Oldin aytganimdek, uchta slavyan xalqi global ko‘lamda nima sodir bo‘layotganini tushunib, stol atrofiga o‘tirgan holda kelishib olishi lozim. Teng shartlarda kelishishi kerak», — deydi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina vakillari 28 fevral, 3 va 7 mart kunlari Belarusda yuzma-yuz uchrashdi, shundan so‘ng, ular muzokaralarni videoformatda davom ettirildi. 29 mart kuni Erdo‘g‘on tashabbusi bilan Istanbul o‘tgan muzokaralar vaqtida Kiyev Moskvaga vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan o‘z yozma takliflarini taqdim qilgan, ularda jumladan Ukrainaga betaraflik maqomini berish nazarda tutilgan.

Rossiya Kiyev va Chernigovsk hududlaridagi urush harakatlari to‘xtatilishini va’da qilgan, shuningdek Putin hamda Zelenskiy uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligini inkor etmagan. Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiyning aytishicha yuqori darajadagi muzokaralar tinchlik kelishuvi yoki tashqi ishlar vazirlari boshqa hujjatni imzolaganidan keyin boshlanishi mumkin.

Erdo‘g‘on Turkiyada Putin va Zelenskiy muzokaralari uchun sharoit yaratib berishga tayyorligi haqida bir necha marta gapirgan. Medinskiy tinchlik kelishuvi loyihasini tayyorlash uchun «katta yo‘l»ni bosib o‘tish zarurligini aytgan. Italiya bosh vaziri Mario Dragi, shu bilan birga Putinning o‘zi ham hali ikki davlat rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazish haqida gapirishga erta ekanligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko: «Moskva va Kiyev muzokaralarini Belarusning ishtirokisiz o‘tkazish mumkin emas»