Foto: «TASS»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oldinroq Kiyevni tark etgan xorij diplomatlariga murojaat qilib, ularni Ukraina poytaxtiga qaytishga va ishni qaytadan yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. Zelenskiyning murojaati o‘zining Telegram’dagi kanaliga joylashtirilgan.
«Kecha Turkiya elchixonasi qaytdi. Bugun Litva elchisi qaytib keldi, undan oldinroq Sloveniya elchixonasi Kiyevda qayta ish boshlangadi. Biz uchun muhim bo‘lgan hozirgi davrda ham ramziy, ham diplomatik darajada qo‘llab-quvvatlayotgan Ukrainaning do‘stlaridan chin ko‘ngildan minnatdorman. Bu jasorat», — deydi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u qaytib kelgan diplomatlar bilan uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini intizorlik bilan kutmoqda.
«Elchixonalarning Kiyevda bo‘lishi, ularning normal ishlash — bosqinchi uchun Kiyev — bizning poytaxtimiz ekani haqida aniq signaldir. Rossiya viloyatidagi shahar emas, balki Ukrainaning poytaxti», — deya ta’kidlaydi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, ayrim davlatlar, jumladan, AQSH va Buyuk Britaniya Kiyevdagi elchixonasini 24 fevraldan oldin Ukraina g‘arbiga ko‘chirgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiya Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish»ga qaratilganini ma’lum qildi. Rossiyaliklarga murojaatida u Kreml Ukrainani demilitarizatsiya va denazolifikatsiya qilishga intilishi, biroq Ukraina hududlarini bosib olish rejada yo‘qligini aytdi.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi 6 aprel kuni Kiyevdagi elchixonasi xodimlarini Ukrainaga qaytargan edi. Elchixona martning birinchi yarmida Chernovsiga evakuatsiya qilingan edi. Latviya elchixonasi Kiyevda qayta ish boshlaganini 7 mart kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevich ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi