Foto: RBK
Armaniston kassatsiya sudi 2008 yilgi ommaviy tartibsizliklarda ayblangan Nikol Pashinyanni oqladi. Bilasiz, u hozir bosh vazir.
Pashinyan 2010 yil yanvarida yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Salkam ikki yil panjara ortida o‘tirib, amnistitsiya bo‘yicha ozodlikka chiqqan.
2008 yili Nikol Pashinyan Armaniston prezidentligi uchun kurashgan Levon Ter-Petrosyanning saylovoldi shtabi a’zosi edi. O‘shanda ular yutqazishgan — Serj Sargsyan ko‘pchilikning ovozini olgandi.
Ushbu saylov natijalaridan norozi muxolifat o‘sha yilning mart oyi boshlarida Yerevan markazida namoyish uyushtirdi. Keyin tartibsizliklar, politsiya bilan to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, ikki yuzdan ortiq inson jarohatlangandi o‘shanda. Pashinyan 2008 yil voqealarining eng faol ishtirokchilaridan biri edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi