«Luna-25» missiyasiga hozirlik.
Foto: «Izvestiya»
Postsovet Rossiyasida Oyga ilk parvoz shu yilning 22 avgustida amalga oshadi. Lavochkin nomidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining elektr tizimlari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Aleksandr Mitkin matbuot anjumanida shunday dedi:
«18 iyul kuni Sharqiy (Vostochniy) kosmosdromga jo‘naymiz va 22 avgustda Oyga uchamiz».
«Luna-25» missiyasining bortiga odam olmagan kosmik kemasi «Vostochniy» kosmodromidan uchiriladi. Bu avtomat stansiya, uning vositasida Oyning janubiy qutbida yumshoq qo‘nish amalga oshirilib, kontaktli tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Ikkinchi missiya — «Luna-26» 2024 yilda Oyning kartografiyasini yaratish uchun uchiriladi. Gruntni tadqiq qiluvchi «Luna-27» esa 2028 yilda parvoz qiladi.
«Luna» sayyoralararo avtomat stansiyalari (SAS) loyihasi sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan. Ularning yordamida Oyni tadqiq qilish dasturlari 1958 yilda boshlangan. Shu paytgacha barcha SASlar Boyqo‘ng‘ir (Qozog‘iston) kosmodromida amalga oshirilgan. 1977 yili Oyga Lunoxod-3 ni yetkazishi kerak bo‘lgan «Luna-25A» loyihasi bekor qilinib, dastur to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi