Foto: «Sport-Ekspress»
Jahonning sobiq «birinchi raqamli» tennischisi, «Ulkan toj» turnirlarining olti marotaba g‘olibi Boris Bekker yetti yilga qamalishi mumkinligi haqida ancha avval yozgandik.
Aftidan, uzun sudlar nihoyat tugaydigandek. «Daily Mail» yozishicha, bugun, 8 aprel sanasida London sudi Bekkerni ko‘rilayotgan ishning to‘rt yo‘nalishida aybdor, deb topdi. Shunga qaramasdan, suddan so‘ng garov evaziga Bekker erkinlikka chiqarildi. Hozircha.
Bekker ishi bo‘yicha hal qiluvchi sud 29 aprelga belgilangan.
Bekkerning aybi nima?
Foto: «Rossiyskaya gazeta»
Bekkerga o‘z daromadlarini yashirganlik ayblovi qo‘yilgan. Xususan, «Breaking Data Corp» kompaniyasida ulushi borligini, Londonning Chelsi tumanida kvartirasi, Belgiya va Gernsi banklarida hisob raqamlari borligini sir tutgan.
Vaholanki, bungacha — 2017 yili Buyuk Britaniya sudi Bekkerni bankrot deya e’lon qilgandi. Shu maqomda bir yil yurishi kutilgandi, biroq ko‘p o‘tmay yashirin aktivlari borligi, 4,5 million funt sterlinglik tranzaksiyalar o‘tkazgani aniqlangan. Shundan so‘ng Boris Bekker uchun moliyaviy cheklovlar 12 yilga uzaytirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi