08:00 / 11.04.2022
1 366

Ronaldu yosh muxlisning qo‘liga urib, telefonini sindirib yubordi va qilmishi uchun uzr so‘radi

Ronaldu yosh muxlisning qo‘liga urib, telefonini sindirib yubordi va qilmishi uchun uzr so‘radi
Kollaj: «Daryo»
«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu APL 32-turi doirasida «Everton»ga qarshi kechgan o‘yindan (0:1) keyin mersisaydliklar muxlisining telefonini sindirdi.

Uchrashuvdan keyin Ronaldu tribuna ostiga yo‘l olayotgan vaqtda smartfon ushlab olgan muxlisning qo‘liga zarba bergan, natijada uyali aloqa vositasi yerga tushib, singan. Futbolchining o‘zi ko‘p o‘tmasdan ijtimoiy tarmoq orqali qilmishi uchun kechirim so‘radi.

«Bunday qiyin pallada ehtiroslarni jilovlash juda qiyin. Shunday bo‘lsa-da biz doim hurmat, sabr ko‘rsatishimiz va yoshlarga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Agar mumkin bo‘lsa, bu ishim uchun uzr so‘rayman. Adolat va sport prinsiplari belgisi sifatida bu muxlisni ‘Old Trafford’ga taklif etaman», — deydi Ronaldu.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea jabrdiydasi 14 yoshli Jey Harding ismli bolakay bo‘lib, u onasi bilan stadionga tashrif buyurgan. Muxlisning onasi ushbu holat yuzasidan o‘z fikrini bildirar ekan, uning autizm va dispraksiyadan aziyat chekishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘smir hayotida ilk bor stadionga tashrif buyurgan. Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng unda shok holati kuzatilgan va asl vaziyatni uyiga qaytgach, tushuntirishlardan keyin anglagan. Muxlisning onasi o‘z murojaatida suratlarni ilova qilgan, unda telefonning singani va o‘smirning qo‘li Ronalduning zarbasidan keyin ko‘karganini ko‘rish mumkin.

Ayni vaqtda Liverpul politsiyasi voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Politsiya xodimlari kuzatuv kameralari tasvirlarini o‘rganyapti va guvohlardan ko‘rsatmalar olmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu yosh muxlisning qo‘liga urib, telefonini sindirib yubordi va qilmishi uchun uzr so‘radi