Foto: Reuters
Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainani tark etgan qochqinlar soni 4,5 million kishidan oshdi. Bu haqda BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi saytida aytilgan.
Boshqarma ma’lum qilishicha, 24 fevraldan buyon 4 million 503 ming 954 nafar qochqin Ukrainaning qo‘shni davlatlar bilan chegarasini kesib o‘tgan.
Foto: Reuters
Xususan, 2 million 593 ming 902 nafar qochoq Polsha, 686 ming 232 nafari Ruminiya, 419 ming 101 nafari Vengriya, 410 ming 882 nafari Moldova, 404 ming 418 nafari Rossiya, 314 ming 485 nafari Slovakiya va 19 ming 96 nafari Belarus chegaralarini kesib o‘tgan.
Bu raqamlarga qo‘shimcha ravishda BMT 18—23 fevral kunlari Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlaridan 113 ming kishi Rossiyaga qochganini ham xabar qildi.
Foto: Reuters
Tashkilotda ta’kidlanishicha, yevrohududga kelgan qochqinlarning Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga, masalan, Italiya, Germaniya, Fransiya va Chexiyaga ko‘chib o‘tishda davom ettirmoqda. Ba’zilar AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliyaga ketmoqda.
Avvalroq BMT jarayon ko‘lami va tezligidan kelib chiqib, sodir bo‘layotgan voqealarni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik migratsiya inqirozi deb atagan edi. Shu bilan birga, xorijdagi ukrainalik qochqinlarning deyarli yarmi bolalardir.
Bundan tashqari, kamida 13 million kishi Ukrainani tark eta olmayotgani ma’lum qilingan. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi