Foto: «TASS»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi ehtimolini rad etdi. Bu haqda u Vladivostokda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».
«Mana Belarus Rossiyaga tarkibiga qo‘shilishi haqida gapirishmoqda. Biz Putin bilan bu qadar eski usullarda harakat qiladigan darajada ahmoq emasmiz. Ikki mustaqil davlat joylashgan umumiy vatanimiz ana shu birlikni barpo etish imkoniyatlarini namoyish etmoqda. Biz ikki mustaqil davlatdan shunday birlikni quramizki, bizdan o‘rganishadi. Sanksiyalarni yengib o‘tish va hokazolar ham bo‘ladi», — deydi Lukashenko.
Uning ta’kidlashicha, davlatlar sanksiyalarning kuchayib borishi sharoitida hamkorlikni kuchaytirgan va bu yangi rag‘batlarni bermoqda.
«Sanksiyalar davri — bu imkoniyatlar vaqti. Balki men bu davrni u qadar chuqur tushuna olmayotgandirman, balki fikrlarimiz o‘xshash emasdir, ammo sanksiyalar joriy etilganidan xursandman. Nihoyat biz Rossiya bilan allaqachon amalga oshirishimiz kerak bo‘lganidek hamkorlikni boshladik», — deydi Lukashenko.
12 aprel kuni Belarus yetakchisi Vladimir Putin bilan «Vostochniy» kosmodromida muzokara o‘tkazgandi. Ular, xususan, kosmik sohadagi hamkorlikni muhokama qilgan. Uchrashuv davomida Putin «Roskosmos»ga Oy dasturini amalga oshirish va rus kemasida belarus kosmonavtini uchirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"